hoge

Noriko Gakkyu g’oyasi

Rishton bolalariga yapon tilini o’rgatmoqchiman

Do’stim Oosaki Shigekatsu kasalhonada yotgan paytida bo’lib o’tgan voqea bu.


Men Odawaradan kechki mahal Komatsuga qarab yo’lga otlandim. Ertansi kuni ertalab saharda Komatsuga yetib keldim. Usha kinning o’zidayoq u bilan ikki martta ko’rishdim. Uni birinchi bor ko’rganimda, “Bugun payshanba. Shohijahon meni ko’rgani keladi” deb intizorlik bilan uni kutib o’tirardi. Shunday qilib, tushlikdan keyin Oosakini ko’rgani Shohijahon, rafiqasi NORIKO honim, qizi, Oshima san va men 5 kishi bo’lib yana bir bor uni ko’rgani kasalhonaga bordik. O’shanda Oosaki bizga qarata juda muhum bir gapni gapira boshladi. Qiyinchilik bilan gapirishiga qaramasdan ovozi tiniq va ravon eshitilar edi. Bu Oosakining hayotida ohirgi marotaba vujudidagi bor kuchini ishlatib gapirishi edi.

NORIKO-Gakkyu bu.....
pulsiz, kambag’al oilalarning bolalari uchun kitob o’qib dars qila oladigan, o’z uyidek his qila oladigan joy bu. U yerga o’qishga boradigan bolalardan o’qish uchun pul olib bo’lmaydi.

NORIKO-Gakkyu......
mashhur, chiroylik bulishi shart emas. Eng asosiysi, bolalar hohlagan paytida to’planib dars qila oladigan, o’zini hursand his eta oladigan joy bo’lishini hohlayman.

Va NORIKO-Gakkyu to’g’risida qayg’uradigan,
uni hamisha o’ylaydigan homiylarga ham aytib qo’ymoqchiman. Ortiqcha imkonyatlaring bo’lgandagina NORIKO-Gakkyuga yordam beringlar.G’anisher tashkil qilgan “Yoshlar markazi” bu NORIKO-Gakkyuga hech ham aloqasi yo’q.NORIKO Gakkyuni boshqa tashkilotlar bilan birlashtirishga hech ham hojat yo’q.(Ohiri bahayir bilan tugamagan tjribalar bor).NORIKO-Gakkyuni “Rishton Yaponya Markazi” qoshidagi maktabligicha qolishini hohlayman.


Oosakidan bu gaplarni eshitar ekanman, bularni hammasini o’zimga nasihat sifatida qabul qildim. Uning tanasi og’riqdan azob chekayotgan bo’lishiga qaramasdan, ruhi tetik va o’lim bilan kurashayotgan edi. Biroq, Oosakining bu gaplari faqatgina bizga aytib qoldirilgan nasihat emas. Bu gaplar butun Noroko-Gakkyuning bolalariga aytilgan nasihat hamdur. Bu gaplar NORIKO-Gakkyuning mafkurasi hamdur.


“Rishton bolalariga yapon tilini o’rgatmoqchiman” Bu so’zlar, o’zi asli Yaponyaning Senday shahridan bo’lgan Oosaki Shigekatsu tomonidan aytilgan bo’lib, bu inson rafiqasi NORIKO honim bilan birgalikda, 1999 yilda Rishton shahrida O’zbekistonda ilk bor yapon tili maktabini tashkil qildilar. Yuqorida keltirilgan do’stim Oosakining so’zlari, uning chin dilidan aytilgan gaplar edi.


NORIKO-Gakkyuning ilk kunlaridanoq uning ilk o’quvchilari bo’lib kelgan bolachalar, hozir ulag’ayib biri yuqori mansablik ish lavozimida, biri Yaponyanig yuqori darajali o’quv dargohlarida ishlab o’qib kelmoqdalar.


Dustim Oosaki hamda NORIKO honimning o’qituvchilik kasblari bo’lmasligiga qaramasadan, ular yo’q narsadan “NORIKO-Gakkyu” degan mo’jiza maktabini yaratdilar. Ularning bunday katta savoblik ishga erishganlarining eng ososiy sababi bu ularning sahiyliklari va pokdilliklarining ne’matidur. Ularning bunday betakror jihatlari tufaylik erishishgan eng katta yutuqlari, bu Noroko-Gakkyu bolalarinig asl ishonchini qozonib bolalarning yuziga doyimiy tabassum ulashib ularga ikkinchi ota-onadek bo’lganliklaridadur.


Albatta bunday murakkab ishni amalga oshrishda har qanday qiyinchiliklarni bosib o’tishga to’g’iri keldi. Qiyinchiliklar bo’lishiga ham qaramasdan, do’stim Oosaki nasroniylik tushunchalariga amal qilib, insonlarga bo’lgan birdek muhabbati hamda sahiyligini yo’qotmasdan hamisha oldinga yurdi. Uning bunday betakror jihatlariga, “Zamonaviy Ryokan” degan nomni bergan soha ziyolilarham bo’ldi. Ya’ni bu so’zlar ezgulikga asoslangan ta’lim tarbiyaning boshlanishini anglatardi.


Ming afsuslar bilan aytishim kerakki, do’stim Oosaki Shigekatsu 2005 yilning 20 chi avgustida kasallik tufayli olamdan ko’z yumdi. Uning hotirasi hamisha NORIKO-Gakkyu bolalarining hotirasida abadiy qoladi. Men ham Oosakining eski va qadirdon do’sti sifatida uni hamisha abdaiy hotiralab, qoldirgan nasihatlarini amalda bajarishda sodiq qolaman.
Hurmat va ehtirom ila

2009 yil6 may    
Tokorozawa Sadao    


Mustaqilligimiz mevasi.

Assalomu alaykum dustlar!
Biz 10yoshdamiz!


Tarix zarvaraqlari uchun qisqa davr, lekin biz uchun juda muhim sana. Ortga boqar ekanmiz, bosib o`tgan yo`limiz ko`z o`ngimizda gavdalanadi.


“Noriko Gakkyu” to`garagimiz 10yoshligini nishonlamoqda. Tugarak Mustaqilligimiz sharofati bilan tashkil etildi. Mustaqilligimizning birinchi yillarida ko`plab davlatlarning bizga bo`lgan qiziqishi ortdi.


Yaponiya fuqarosi janob Sh.Oosaki O`zbek diyorida bo`lib, o`zbek xalqining mehmondustligi, do`stparvarligi, bag`ri kengligi bilan o`ziga jalb etdi. Ayniqsa uzbek bolalarining ochiqkungilligi va hech kimga o`xshamasligi uni o`ziga rom etdi. Janob Sh.Oosaki o`zbek bolalariga sovg`a qilish ishtiyoqida yona boshladi. Bolalarning ilmga chanqoqligini inobatga olib, u yapon tilini o`rgatish uchun tugarak tashkil qilishga qaror qildi.


Shuni alohida ta`kidlash kerak, mamlakatimizda har yili an`anaviy tarzda yapon tili va madaniyatini o`rganish bo`yicha o`tkazilayotgan ko`rik-tanlovlarda Rishtonlik bolalar


2001-yildan 2008-yilgacha birinchi o`rinlarni egallab kelishmoqda. Tanlovda qatnashishning uzi zafar, g`alaba esa muhim emas deyish ham mumkindir. Lekin bolalar har gal jiddiy tayyorgarlik ko`rib, mashaqqat bilan olgan bilimlarini namoyish etishga urinadilar va albatta muvafaqqiyat qozonadilar.


Hech kimga sir emaski, O`zbekiston va Yaponiya o`rtasida iliq va do`stona munosabatlar yo`lga qo`yilgan. Ular ham madaniy, ham iqtisodiy aloqalarda o`z aksini topmoqda. Rishton ana shu do`stlik rishtalarini yanada chambarchas bog`langan ramziy maskanlardan biriga aylangan desam, mubolag`a bo`lmaydi.


Agar sizlarga bizning tugaragimiz qiziqish uyg`otgan bulsa marhamat! Biz doimo sizlarni ochiq chexra bilan kutib olamiz. Bolalarimiz ko`zidagi quvonchni ko`rishga shoshiling yoki yaponchasiga aytganda:


O`zbekistanhe youkoso!!!

Markaz haqida ikki og’iz so’z

“Tog’ajon, qaniydi endi bizning Rishtonimizda ham yapon tili maktabi bo’lsa edi” degan bolalarning ushbu so’zlari , bir yaponninig ko’nglini ruxlantirib yubordi. Va shunday qilib, 1999 yilning 29 noyabrida, Osaki Shigekatsu ezgu orzu niyatlar bilan o’z rafiqasi nomi bilan atagan “Noriko Gakkyu” degan maktab tashkil topadi.


Qariyalik damlarida, o’z umrining ohirgi qismini yapon tili ta’limotiga bag’shida etgan Osaki Shigekatsu janoblarinig bunday hatti harakatiga, uning bolalik chog’idagi uhshash his tuyg’ular sababchi bo’lgan bo’lsa ajab emas. 1994 yildan to 98 yilgacha O’zbekistonda ishlagan Osaki Shigekatsu, tez-tez yaponlar qabristonini ziyorat qilib turar, va o’z ziyoratlarining birida marhumlarni ruhini yod aylab qo’yidagi so’zlarni aytgan. “Bugun biz tinch va osuda zamonda yashab yurganimiz bu faqatgina sizlarning fidoyiliklaring tufaylidir. Sizlarni hamisha yod aylab hurmat qilishga sodiq qolaman” degan edi. Yaponlar qabristonini hamisha ozodalikda saqlab, asrab avaylab kelayotgan O’zbek halqining mehribonligi va sahiyligi Osaki janoblarini hayratlantirdi. Shu sababli Osaki Shigekatsuning ko’ngli hamisha minatdorchilik hissi bilan to’la edi.


Aslida “Rishton - Yaponiya Markazi” ning ta’sischisi ham Osaki Shigekatsu dir. Osaki Shigekatsu go’yoki Rishtonliklarning bir qismi edi va Rishtonni rivoji uchun astoyidil bel bog’lagan. Mustaqillikning ilk yillaridanoq erimning O’zbekistonda ishlagani va mening markaz raisi sifatida faoliyat olib borayotganim bular hammasi tabiiy ravishda shakllangan deb uylayman. Quyda keltiradiganim Osaki janoblarining nasihatlaridir: “Bolalarning hohishi uchungina Noriko Gakkyu davom etishi kerak” . Ushbu so’zlarni men maktabning rivoji uchun tug’ri ko’rsatilgan yo’nalish deb qabul qilib kelyabman.


Keyingi qilinajak ishlar.

So’ngi yillar davomida qilinib kelgan ishlar yaqqol ko’zga ko’rina boshladi. Bu albatta Noriko Gakkyuning uzluksiz davom etishi uchun Yapon homiylari hamda Rishton tomonidan katta qiziqish bilan ko’rsatilayotgan harakatning mahsulidir. Maktab faoliyatiga doir uchrashuvlarning soni oshishi bilan birgalikda, holis o’qituvchilik faoliyatiga o’z qiziqishini bildirayotgan hohlovchilar soni ham oshib bormoqda. Bu albatta maktab poydevorining mustahkamlanishi, hamda mustaqil faoliyat olib borishi uchun katta turtkidur.


Maktab direktori bo’lmish Nazirov G’anisher Yaponyaga nihoyatda katta qiziqish va hurmat bilan qaraydi. Yapon tilini mukammal o’rgangan janob Nazirov, yosh avlodga ham o’rgatish maqsadida qattiq bel bog’ladi.


Maktabning hozirgi dars faoliyatiga nazar tashlaydigan bulsak, asosan tabiy suhbat asosida yapon tilini o’rgatish asosiy o’rin egallaydi. Yapon o’qituvchilari bo’lmagan paytlarda, yuqori sinif o’quvchilari pastki sinif o’quvchilariga o’z bilimlarini o’rgatib turishadi.


2002 yilda Noriko Gakkyuda o’qituvchilik qilgan bir guruh yapon yoshlari, o’sha paytlarda “10 yildan keyin bu kunlarni eslab miriqib kulishamiz” degan hazil so’zlarni aytishgan edi. Mana 10 yil ham alla qachon ortda qoldi. Bu yoshlar hozir ham Rishton - Yaponiya Markazining faol a’zolaridan biri. Hozir ular bilan uchirashganimda har gal “ Keyingi 10 yildan so’ng markazni boshqarish endi sizlarning navbatlaring” deb hazillashib turamiz. Nasib etsa, yana 10 yildan so’ng Rishton - Yaponiya Markazining boshqaruvini to’liq Rishton tomoniga topshirish niyatidamiz. Bundan buyon ham Noriko Gakkyuni mustahkam tarzda davom ettirish niyatidamiz.


2009/5/16  Terao Chiyuki


Aloqa


Noriko Gakkyu direktori :Nazirov Ganisher


        Manzil :713330. O’zbekiston Respublikasi
                   Farg’ona viloyati, Rishton shahri, Farg’ona ko’chasi 152-uy.


Tel/Faks:998-7345-23-460
          Tel:45-23-964
     E-mail:nazirovganisher●yahoo.com(●→@)